Fiderika Mogerini: Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi uchun “Tolibon” muzokara uchun o‘zida kuch topishi kerak

Poytaxtimizda ochilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Fiderika Mogerini ma’ruza qildi.
F.Mogerini o‘z chiqishida Afg‘onistondagi vaziyatni baraqarorlashtirishga oid tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Yevropa Ittifoqi ham bu masalaga doim e’tibor qaratib kelgan.
Terrorga yo‘l qo‘ymaslik, mamlakat chegaralarini qo‘riqlashda yordam ko‘rsatish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘rmak ko‘rsatishga doim tayyor.
Afg‘onistonda “katta derjava” sanalgan davlatlarning o‘zaro urushi davom etayotganini qayd etib o‘tdi ma’ruzachi.
Shunga qaramay Afg‘onistonda bugungi kunda rivojlanish ko‘zga tashlanmoqda. Hamkorlar bilan o‘zaro aloqalar tufayli bu yerda xalq uchun zarur bo‘lgan infratuzilma bunyod etilmoqda. Temir yo‘llar barpo etildi.Afg‘on yoshlarining ta’lim olishiga e’tbor qaratilmoqda. Ularning ayrimlari ayni paytda O‘zbekistonda ta’lim olayotganidan xabarimiz bor.
Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi nafaqat afg‘on xalqi uchun, balki Markaziyo Osiyo davlatlarida istiqomat qilayotgan xalqlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Afg‘onistonda bu yil parlamentga saylov bo‘lib o‘tadi. Bu siyosiy jarayonni, shuningdek mamlakat boshqa tuzilmalari, sud-huquq sohasi, fuqarolik jamiyati rivojlanishini ham albatta qo‘llab-quvvatlaymiz.
Afg‘onistonda vaziyat to‘la barqarorlashishi uchun “Tolibon” muzokaraga kirishishga o‘zida kuch topishi kerak.
Diplomatik munosabatlar qaror topishi kerak. Afg‘on xalqi ham o‘z qat’iy irdasini namoyon etishi zarur. Tinchlik o‘rnatilishiga oid jarayonni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz va umid qilamanki, biz bunga albatta erishamiz.

 

Norgul Abduraimova, O‘zA