Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi ushbu mamlakat delegatsiyasi «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya delegatsiyasini O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27 martga mo‘ljallangan.

 

O‘zA