O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi jarayoni doirasida Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Tim Torlot hamda Qirollik Biznes va savdo departamenti mutaxassislari bilan muzokara o‘tkazildi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Taqdim etilgan barcha hujjatlar bo‘yicha Buyuk Britaniya mutaxassislarini qiziqtirgan savollarga javob berildi. Shu bilan birga texnik ko‘mak loyihasi doirasida sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni davom ettirish, o‘zaro muloqotni jadallashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishga kelishildi.

O‘zA