9-fevral tongida O‘zbekistondan Turkiyaga yuborilgan navbatdagi insonparvarlik yordami Hatayga yetkazildi.

Mazkur bortning ortga qaytishida zilzilada jabrlangan O‘zbekistonning 11 nafar va Qirg‘izistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuatsiya qilindi.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar xarobalar orasidan olib chiqqan jasadlar soni 50 taga yetgan.

 

O‘zA