Turkiya Prezidentining yordamchisi Fuat Oktayning bergan so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila oqibatida 17 ming 674 kishi vafot etgan, 71 ming 879 kishi yaralangan.
Ofat mintaqasida 29 ming 622 ta qidiruv-qutqarish guruhlari ishlamoqda, ulardan 6 yarim mingini 75 ta chet el davlatlaridan kelgan otryadlar tashkil etadi. Shu kungacha 72 ming 879 kishi qutqarildi, dedi Oktay.
Zilziladan 95 soat o‘tgach, Xatayda 7 yoshli qizaloq vayronalar ichidan olib chiqildi. Bu voqeadan to‘rt soat oldin esa bir ota va uning 5 yoshli qizi qutqarilgan edi.
Tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavushg‘o‘lining bayonotiga ko‘ra, yaqin kunlarda yana 19 xorijiy mamlakatdan qidiruvchi-qutqaruv guruhlari kelishi kutilmoqda.
Birgina Yevropaning 24 mamlakatidan guruhlar ofat mintaqalariga yetib kelganini aytib o‘tdi. Oktay Jahon banki Turkiyaga 1,78 milliard dollar ajratganini ma’lum qildi.
O‘zA