Germaniya Federativ Respublikasi sobiq kansleri Angela Merkelga YUNESKO tomonidan ta’sis etilgan tinchlik mukofoti topshirildi.
Siyosatchi 2015 yil Suriya, Iroq va Afg‘onistondan minglab qochoqlar Yevropaga kirib kelishi bilan bog‘liq inqirozni tartibga solishga qo‘shgan hissasi uchun e’tirof etilgan.
Ushbu mukofot 1991 yildan buyon inson huquqini himoya qilish hamda tinchlikni saqlashga salmoqli hissa qo‘shgan institut va tashkilotlarga, shaxslarga topshiriladi. 150 ming dollar pul va oltin medal bilan taqdirlanadigan sovrindorlar orasida Ispaniya qiroli Xuan Karlos, AQSH sobiq prezidenti Jimmi Karter, Fransiya sobiq prezidenti Fransua Olland kabi mashhur insonlar bor.
G.Abdullayeva, O‘zA