Turkiya hukumati Favqulodda vaziyatlar departamenti (AFAD) tarqatgan oxirgi ma’lumotga ko‘ra, dahshatli yer qimirlashi oqibatida mamlakatda 6 234 kishi qurbon bo‘lgan, 37 mingdan ko‘p odam jarohatlangan.
Zamin silkinishi Qahramonmarash, Gaziantep, Shonliurfa, Diyorbakir, Adana, Adiyaman, Usmoniya, Hatay, Kilis, Malatya va Elazig viloyatlarida halokatli voqealarga sabab bo‘ldi.
Tabiiy ofat hududida vayron bo‘lgan uylar aholisi uchun 50 ming 818 chodir o‘rnatildi. Qidiruv-qutqaruv ishlariga 79 ming 110 kishi jalb etilgan. Yuk yetkazib berish, qutqaruvchilar, shuningdek, jabrlanganlarni tashish uchun 104 ta aviatsiya texnikasi jalb etilgan.
O‘zA