Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan chora-tadbirlar xorijlik sayyohlarni jalb qilishning eng muhim omillaridan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham soha ravnaqiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maqsad bu yerda zamonaviy turizm tizimini yo‘lga qo‘yib, yurtimiz va xorijlik sayyohlarga namunali xizmat ko‘rsatishdir. 2018-2019 yillarda ko‘zda tutilgan 42 loyiha aynan shunday ezgu niyatlarga qaratilgan.

– Ayni paytda Qoraqalpog‘istonda 34 turistik tashkilot faoliyat yuritmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bayram Qusekeyev. – Bu esa hududimizning sayyohlik imkoniyatlaridan dalolat beradi. Hozirgi kunda sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga monand yana bir loyihani rejalashtirganmiz. Bu Quvayt davlatining mahalliy televideniyelarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining turistik salohiyatini faol targ‘ib qilishdir. Bu loyiha amalga oshirilsa, hududimizga keluvchi xorijlik sayyohlarning soni yanada ko‘payadi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA.