Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 26-27 mart kunlari poytaxtimizda o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiya matbuot markazi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Bugungi sessiyada Afg‘onistonda siyosiy diplomatiyani yo‘lga qo‘yishda Toshkent konferensiyasining ahamiyati, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmini oshirish, energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi aloqalar istiqbollari haqida so‘z yuritilmoqda.
Mazkur mavzular bo‘yicha O‘zbekiston Respbulikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov, O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va boshqa mutasaddilar ma’ruza qilmoqda.