Xitoyda 13-19 yanvar oralig‘ida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi oqibatidan 12 658 kishi vafot etdi.

Kasallikni nazorat va profilaktika qilish markazlari (CDC) ma’lumotiga ko‘ra, oy taqvimi bo‘yicha yangi yil arafasida koronavirus tufayli o‘lim holati keskin o‘sishi qayd etilgan.

Cheklov bekor qilingach, 2022 yil 8 dekabrdan 2023 yil 12 yanvargacha Chin yurtida ushbu infeksiya 59 938 fuqaroning yotig‘ini quritgan.

Shu tariqa Xitoyda epidemiyaning so‘nggi to‘lqini davomida qurbonlar soni 72 596 kishiga ko‘paydi.

«CDC» bosh epidemiologi Vu Szunyuning aytishicha, mamlakatdagi 1,4 milliard kishining 80 foizdan ortig‘i cheklov olib tashlangandan keyin kasallik yuqtirgan.

Qayd etish kerak, Xitoyda yangi yilni ham o‘z ichiga olgan “Bahor bayrami” payti millionlab odamlar o‘z ona yurtini ziyorat qilish uchun mamlakat bo‘ylab sayohatga chiqishadi.

Mamlakat transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 7 yanvardan 15 fevralga qadar 40 kunlik ta’til davomida 2,1 milliard xitoylik sayohat qilishni rejalashtirgan.

O‘zA