O‘tgan yilning 11 oyida Qirg‘iziston 88,4 kilogramm oltin eksport qilgan. Turkiya va Birlashgan Arab Amirligi Qirg‘iziston oltinining asosiy importchisi bo‘lgan.

Mamlakatning o‘zaro savdo bo‘yicha milliy statistika qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotida ushbu raqam keltirilmoqda.

2022 yil yanvar oyidan noyabr oyigacha Turkiya Qirg‘izistondan 83,5 kilogramm oltin sotib olgan.

O‘tgan yilning 11 oyida Birlashgan Arab Amirliklari  Qirg‘izistondan qariyb 5 kilogramm qimmatbaho metall sotib olgan. Noyabrda oltin savdosi bo‘yicha BAA bilan yangi kelishuv bo‘lmagan.

Xabarda ta’kidlanishicha, arabistonlik hamkorlar Qirg‘iziston oltinini  London birjasidagi oltin narxiga yaqin  qiymatda  sotib olgan. Sotib olingan qimmatbaho metallning har bir grammi 59,2 dollarga baholangani aytilmoqda.