Sankt-Peterburg shahrining Krasnoselskiy tumanidagi ko‘p qavatli uyda portlash ro‘y berdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa tumandagi 219-uyda sodir bo‘lgan. Oqibatda ikki kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qavatlarning shifti qulab tushgan.
Tezkor xizmatlar vakilining so‘zlariga ko‘ra, portlash maishiy gaz sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin.