Fransuz yozuvchisi Anni Erno 2022 yil uchun adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shvetsiya akademiyasi a’zolarining bu haqdagi qarori 6 oktyabr kuni e’lon qilindi.
Hakamlar hay’ati fransuz yozuvchisi tomonidan “shaxsiy xotiraning begonalashuvi va jamoaviy cheklovlar”, “jasorat va idrok” zo‘r ochib berilganini alohida ajratib ko‘rsatdi.
Ernoning eng mashhur asarlaridan biri – “Voqea”da yozuvchi 1963 yil, Fransiyada abort qilish noqonuniy bo‘lgan paytda bu jarayondan qanday omon qolgani haqida hikoya qilinadi.
Adabiyot yo‘nalishida 2021 yil mukofoti tanzaniyalik adib Abdulrazzoq Gurnega, 2020 yil uchun esa amerikalik shoira Luize Glyukka nasib qilgandi.
2019 yil mukofot birdaniga ikki nomzodga topshirilgan: 2018 yil uchun polshalik adiba Olga Tokarchuk, 2019 yil uchun avstriyalik Peter Xandke tanlangan.
2017 yili asli yaponiyalik britan yozuvchisi Kazuo Isiguro g‘oliblikka munosib ko‘rilgan. 2016 yil amerikalik musiqachi Bob Dilan, bir yil avval belarus yozuvchisi Svetlana Aleksiyevich taqdirlangan.
1901 yildan 2021 yilgacha adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini jami 118 kishi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ulardan 16 nafari ayollar.
7 oktyabr kuni Osloda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti egasi nomi ma’lum bo‘ladi. 10 oktyabr kuni Stokgolmda iqtisod sohasidagi mukofot sohibi aniqlanadi.
2022 yilgi mukofot miqdori 10 million shved kronasi (921 ming yevro)ga teng.
Barcha g‘oliblarga Nobel mukofotini topshirish marosimi, ana’anaga ko‘ra, 10 dekabr – Albert Nobel vafot etgan kuni bo‘lib o‘tadi.
A.G‘ulomov, O‘zA