Rossiya Federatsiyasi va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rejep Tayyib Erdog‘an payshanba kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Rossiya gazini yetkazib berish masalasini, xususan, qisman to‘lovni rubl va lirada o‘tkazish tafsilotlarini muhokama qiladi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga Anqaradagi diplomatik manba.
Rossiya va Turkiya yetakchilari Rossiyadan Turkiyaga gaz yetkazib berish uchun qisman to‘lovlarni rublda boshlashga kelishib oldilar, deya avvalroq Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi.
Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmez Rossiya gazini Turkiya tomonidan rublda sotib olish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishilganini, Anqara Moskva bilan tranzitning bir qismini turk lirasida to‘lash imkoniyatini muhokama qilayotganini aytdi.
“Ha, gaz masalasi, xususan, milliy valyutalarda to‘lov bo‘yicha kelishuv tafsilotlari kun tartibida bo‘ladi”, – dedi manba yetakchilarning Turkiyaga Rossiya gazini yetkazib berish masalasini muhokama qilish ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan. Manbaga ko‘ra, Rossiya gazini Turkiyaga yetkazib berishda hech qanday muammo yo‘q.
O‘zA