Qozog‘istonning barcha viloyatlarida konstitutsiyaga tuzatish va to‘ldirish kiritish bo‘yicha referendum uchun ovoz berish bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston markaziy referendum komissiya raisi Nurlan Abdirov referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Kazinform xabar qildi.
– Referendumda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarining umumiy soni 11 million 734 ming 642 nafarni tashkil etdi. Ovoz berishda ishtirok etganlar soni 7 million 986 ming 293 nafar yoki referendumda qatnashgan fuqarolar umumiy sonining 68,06 foizini tashkil etdi. Shunday qilib, referendum o‘tkazilgan deb hisoblash mumkin, – dedi Nurlan Abdirov