Samarqand shahridagi 1-Mehribonlik uyida 140 nafar bola tarbiyalanadi.
Muassasada saxovatpesha insonlar tomonidan xayriya tadbirlari muntazam o‘tkazib turiladi. Navbatdagi aksiya Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan “RASH milk” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘tkazildi. Tadbir doirasida bolajonlarga korxonaning sifatli sut mahsulotlari taqdim etildi.
Alisher Isroilov (surat) O‘zA