Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bitiruvchilarning o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining qaysi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkinligini bilish mumkin.

Ma’lumot uchun, 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega.

O‘zA