Jahon banki prezidenti Devid Melpas oziq-ovqat narxi oshgani munosabati bilan eng qashshoq mamlakatlarda turmush sharoiti yomonlashayotgani haqida ogohlantirdi va ularning qarzlarini hisobdan chiqarishni taklif qildi.
Bu haqda Melpas Germaniyaning “Wirtschaftswoche” jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, – deya “Armenpress” habar bermoqda. – Eng qashshoq mamlakatlar uchun yuqori inflyatsiya iqtisodiy va ijtimoiy falokatdir, – dedi Melpas. U mamlakat qanchalik kambag‘al bo‘lsa, narxlar oshishiga va buning oqibatlariga qarshi turish shunchalik qiyin bo‘lishiga alohida urg‘u berdi.
– Biz kambag‘al mamlakatlarni qarzlaridan ozod qilishimiz kerak, – dedi Jahon banki rahbari.