Kaliforniya shtatining Los-Anjeles ma’muriy markazida joylashgan kino san’ati va fanlari akademiyasida “Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi. BBC bergan xabarga ko‘ra, 94-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, “Uzoq xayrlashuv” – eng yaxshi qisqa metrajli film deb topilgan. “Basketbol malikasi” esa – eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film bo‘ldi.

Shuningdek, “Oyna tozalovchi” – eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film, “Enkanto” (Disney) – eng yaxshi animatsion film, “Mashinamni hayda” (Ryusuke Xamaguti, Yaponiya) – eng yaxshi xorijiy film va “Qalbdagi yoz” – eng yaxshi hujjatli film nominatsiyasiga loyiq topildi.

Amerikalik aktyor va rejissyor Troy Kotsur – “CODA” filmidagi ota rolini ijro etgani uchun eng yaxshi yordamchi aktyor mukofotini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, “Kruella” – eng yaxshi kostyumlar uchun;

“Belfast” (rejissyor Kennet Brana) – eng yaxshi ssenariy; “CODA” – eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy;

“Dyuna” – eng yaxshi ovozni tahrirlash;

Billi Aylish va Finneas O`Konnell / “O‘ladigan payt emas” (“O‘ladigan payt emas” filmiga saundtrek) – eng yaxshi qo‘shiq;

Jeyn Kempionga “Ko‘ppak qudrati” filmi uchun eng yaxshi rejissyor e’tirofiga sazovor bo‘lgan.