Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirovning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha ishonchli vakili – Sayfulla Maxmatmo‘minov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda Sayfulla Maxmatmo‘minov jurnalist va blogerlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirovning tarjimai holi bilan tanishtirdi. Saylovoldi dasturi haqida ma’lumot berib, undagi ustuvor vazifalarni tushuntirib berdi. Ma’lumot berilishicha, Alisher Qodirovning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha ishonchli vakili ishtirokidagi targ‘ibot tadbirlari 22 oktyabrga qadar butun viloyat bo‘ylab davom etadi.

O‘lmas Barotov,  

O‘zA Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA