Aniq raqamlar bugun bo‘lib o‘tadigan videoselektor yig‘ilishida ma’lum bo‘ladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha milliard dollar bo‘lishi mumkin.
Jumladan, qariyb 3 ming kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash, 4 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini qurishga mablag‘ ajratiladi.
60 foiz mahallalarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 4 mingdan ortiq transformatorlar yangilanadi. Keyingi bir necha yilda bunday hajmdagi ishlar O‘zbekistonda hali amalga oshirilmagan.