Bugun, 21 mart kuni Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida Navro‘z bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘zga bag‘ishlangan tantanali marosimdan so‘ng, bayram saylida ishtirok etdi. Sayilga kelgan odamlar bilan suhbatlashib, ularni tabrikladi.

Nuroniylar Allohdan bayram qutlug‘ kelib, hosillar mo‘l, rizqu nasibamiz ko‘p bo‘lishini, yanagi Navro‘zlarga tinchlik-farovonlikda yetkazishini so‘rab duolar qildi.

O‘zA fotomuxbirlari

A’lo ABDULLAEV,

Temur MAMADAMINOV olgan suratlar.