Pokiston hududi elektr energiyasidan uzilib qoldi, deb xabar bermoqda «RBK».

Bu haqida mamlakat energetika vaziri Umar Ayub bayonotiga asoslanib mahalliy axborot manbalari ma’lum qilgan, deyiladi “RBK” xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, uzilish oqibatida butun mamlakat hududi bo‘ylab qariyb 200 million kishi elektr ta’minotisiz qolgan.

Uzilishlar Pokistonning Karachi, Islomobod, Lahor, Multon, Kasur kabi yirik shaharlari va boshqa hududlarida ham kuzatilgan.

Vazir  aholini ushbu vaziyatda xotirjamlikni saqlashga chaqirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Pokiston hukumati energiya uzatilishini Tarbeldagi elektrostansiya orqali  qayta tiklashga urinmoqda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, uzilishga elektr energiyasini taqsimlash tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.