O‘zAning “Yil tanlovi”da O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “2020 yilning eng namunali vazirligi” yo‘nalishida uchinchi o‘rinni egalladi.

Ta’lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy o‘quv yurtlari muhim o‘rin egallamoqda.

So‘nggi to‘rt yil mobaynida ularning soni 47 taga ortdi va bugungi kunda mamlakatimizda 125 ta universitet va oliy o‘quv yurtida talabalar ta’lim olmoqda.

Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Sirtqi va kechki ta’lim shakllarini qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirildi. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga yetdi.