Oʻzbekiston dunyoning eng xavfsiz toʻqqiz mamlakati safidan oʻrin oldi

Butunjahon qonun va tartib indeksiga koʻra, Oʻzbekiston dunyoda xavfsizlik darajasi boʻyicha yetakchi toʻqqiz mamlakat safidan oʻrin oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Ushbu tahlil nufuzli Gallupʻs Amerika jamoatchilik fikrini oʻrganish instituti tomonidan amalga oshirilgan. Unga koʻra, xavfsizlik boʻyicha birinchi toʻqqizlikda Oʻzbekistondan tashqari Singapur, Turkmaniston, Xitoy, Islandiya, Kuvayt, Norvegiya, Avstriya va Shvetsiya ham bor.

Reytingning eng quyi pogʻonasidan Afgʻoniston joy olgan. Ushbu davlat atigi 43 ball toʻplagan.

Ball natijalari turli mamlakatlar aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida tuzilgan. Berilgan savollar roʻyxatiga politsiyaga ishonch, kechki soatlarda koʻchalarda xavfsiz yurish va boshqalar kiritildi.

 

OʻzA