Xivaga sayohat

Nukus garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar oilalari bilan Xiva shahrida joylashgan Markaziy Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik – Ichan qalʼaga sayohat qilishdi.
Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati OʻzAga maʼlum qildi.
IMG_0409.JPG
IMG_0446.JPG
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish orqali xalqimizning boy tarixiy merosi, betakror urf-odat va anʼanalari, milliy qadriyatlarimizni oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlarida ham harbiy xizmatchilar va ular oila aʼzolarining maʼnaviyatini yuksaltirish, yashab turgan hudud tarixi haqida koʻproq maʼlumot yetkazish, madaniy hordiq olishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining tarixiy obidalari va maskanlariga sayohat uyushtirilib, ichki turizm rivojlantirilishiga hissa qoʻshilyapti.
IMG_0455.JPG
IMG_0476.JPG
Qadim tarix va bugungi ruh uygʻunlashgan, mahalliy va xorijlik turistlarni oʻziga chorlab kelayotgan tarixiy obidalardan biri, shubhasiz, Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy-meʼmoriy majmuasi hisoblanadi.
Umumiy maydoni 26 gektar boʻlgan qalʼada 54 tarixiy arxitektura yodgorligi joylashgan. Qalʼani oʻrab turgan eni 5-6 metrlik devorning uzunligi 2200 metrni tashkil qiladi.
IMG_0382.JPG
YUNESKOning Umumjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan Ichan qalʼa tarixiy-meʼmoriy majmuasiga 4 darvoza orqali kiriladi. Ularni Ota darvoza, Bogʻcha darvoza, Tosh darvoza va Polvon darvoza, deb atashadi. Bugungi kunda majmuada 40 mingdan ziyod eksponat saqlanmoqda.
Tarix va bugun bilan yuzlashgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari turistik sayohatdan unutilmas taassurotlar olib, bu dargohlarga yana bir bor qaytib kelishni niyat qilishdi.

 

OʻzA