Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida moddiy yordam va koʻmakka muhtoj 914 ta ehtiyojmand oilada yashovchi 4282 nafar fuqaroning har biriga 220 ming soʻmdan, jami 942,4 million soʻm bir martalik moddiy yordam puli tarqatildi.
Mazkur mablagʻlarning barchasi har bir oila boshligʻining plastik kartasiga tushirilib, sektor rahbarlari tomonidan ularning xonadonlariga yetkazib berilishi nazoratga olindi.
Jumladan, tuman hokimi Seydamat Avezov boshchiligida deputatlar va xomiylar bank xodimlari bilan birgalikda “Qirqqiz” va “Guliston” ovullaridagi “temir daftar”ga kiritilgan, himoya va yordamga muhtoj oilalar xonadonlariga borib, bir martalik yordam pullarini tarqatdi. Shu yerning oʻzida har bir oilani qiynayotgan muammolar oʻrganilib, ularning yechimi boʻyicha mutasaddi rahbarlarga topshiriq berildi.
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA