Sergey Viktorovich Lavrovni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Oʻzbekiston-Rossiya strategik sherikligini rivojlantirish, ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalarini, hududlararo hamkorligini kengaytirish, xalqlarimiz oʻrtasida doʻstlik munosabatlari va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, xalqaro maydonda Oʻzbekiston Respublikasining tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan muhim mintaqaviy va global ahamiyatga ega tashabbuslarini faol qoʻllab-quvvatlagani uchun, shuningdek, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Viktorovich Lavrov “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        Sh.Mirziyoyev

 

O’zA