Loyihaga asosan Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni sifatli tayyorlashni taʼminlash, bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan 2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish umumiy parametrlari tasdiqlanadi.
Shuningdek, davlat buyurtmasining kutilayotgan kvotasi ham belgilab olinadi.
Xususan, bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:
• kunduzgi taʼlim shakliga – 101 555 nafar;
• sirtqi taʼlim shakliga – 25 863 nafar;
• kechki taʼlim shakliga – 4 368 nafar;
magistrlar tayyorlash boʻyicha – 10 643 nafar etib tasdiqlanadi.
Hujjatda belgilanishicha:
• oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlari bosqichma-bosqich 2022-2023 oʻquv yiliga qadar (2020-2022 moliya yillari mobaynida) 2019-2020 oʻquv yiliga nisbatan ikki barobarga oshiriladi;
• 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega boʻlgan qizlar uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida grant oʻrinlari ajratiladi;
• 2020/2021 oʻquv yilida “130 000 – Matematika”, “140 000 – Tabiiy fanlar” taʼlim sohalari boʻyicha magistratura mutaxassislari uchun davlat buyurtmasi parametrlari toʻliq davlat granti asosida amalga oshiriladi;
• kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojini aniqlash jarayoniga raqamli yechimlarni qoʻllash maqsadida, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarini ehtiyojlari toʻliq avtomatlashtirilgan tarzda Axborot tizimi – new.mineconomy.uz/quota portali orqali shakllantiriladi.