Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik yog‘ishi mumkin (yomg‘ir, qor). Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esa boshlaydi. Kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir, qor), tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin (yomg‘ir, qor). Tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.Kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik yog‘ishi mumkin (yomg‘ir, qor). Tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ko‘chki ko‘chishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
O‘zA