Bugun Toshkentda eng baland va yorqin mushakbozlik uyushtiriladi

1-sentyabr kuni Mustaqillik ayyomining 28 yilligi munosabati bilan Toshkentda mushakbozlik oʻtkaziladi.
Otiladigan mushaklarning balandligi 350 metrgacha yetadi va 9 daqiqa vaqt mobaynida 2723 ta turli ranglardagi yogʻdularni koʻrish mumkin boʻladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Xalqlar doʻstligi” saroyi yaqinida 80 ta qurilma oʻrnatilgan boʻlib, shou Xitoyning China Liuyang Jeeton Fireworks Group kompaniyasi tomonidan namoyish etilmoqda.
Poytaxt osmoni uzra oʻtkaziladigan mushakbozlikka soat 21:00 dan boshlab guvoh boʻlish mumkin.

 

O’zA