“Nukus polimer” mahsulotlari

Nukus shahridagi “Nukus polimer” masʼuliyati cheklangan jamiyati hududdagi yirik sanoat korxonalaridan.
2017-yilda tashkil etilgan korxona qisqa fursatda iqtisodiy samaradorlikka erishib, ichki bozorda mustahkam oʻrin egalladi. Korxona yiliga 8 ming tonna polietilen quvur ishlab chiqarish quvvatiga ega. 100 nafarga yaqin yoshlarning doimiy bandligi taʼminlangan.
Hozirda sanoat obyektida suvga moʻljallangan 16-630 millimetrlik hamda tabiiy gaz uchun 63-315 millimetrlik polietilen quvurlar tayyorlanib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda.

 

Maqsad HABIBULLAYEV olgan suratlar, OʻzA