Energetika vazirligi tarkibida TAYINLOVLAR

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Unga koʻra, “Oʻzbekneftegaz” AJ raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Sidikov Baxodir Baxromovich oʻz lavozimida qoladi.
“Oʻztransgaz” AJ boshqaruv raisi etib Sayidov Ulugʻbek Xusanovich tayinlandi. U avval “Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
“Hududtaʼminotgaz” AJ boshqaruv raisi etib Eshmuratov Baxodir Beshimovi tayinlandi. U avval “Oʻztransgaz” AJ boshqaruv raisi vazifasida ishlab kelgan edi.

 

OʻzA