Kamchiqim sayohat taklif etuvchi davlatlar reytingida bu yil nafaqat Belarus, Moldaviya va Abxaziya, shuningdek Hindiston, Nepal, Marokash, Indoneziya, Tanzaniya kabi ekzotik davlatlar ham oʻrin egalladi, deb xabar beradi “Skyscanner”.
Qayd etilishicha, ekspertlar oʻttiz davlat misolida oʻn toʻrt kunlik – ikki kishilik sayohat, borar-kelar aviachipta xarajatlarini (Rossiya shaharlaridan yoʻnaltirilgan aviparvozlar oʻrtacha narxidan kelib chiqilgan) hisoblab chiqqan. Bunda mehmonxona va ijara uyda yashash, kafe, restoranlarda ovqatlanish, transport va koʻngilochar maskanlarga ketadigan sarf-xarajatlar ham hisobga olingan.
Demak “Skyscanner” reytingiga koʻra, kamchiqim sayohat taklif etuvchi mamlakatlar birinchi toʻrttaligiga Belarus, Moldova, Abxaziya va Gruziya kirgan. Ekzotik yoʻnalishlardagi kamchiqim sayohatlar boʻyicha esa Hindiston yetakchilik qilmoqda.
Hindistonga sayohat qilish Gruziyaga sayohat qilishdan bor-yoʻgʻi 32 dollar qimmat (ushbu mamlakatga ikki haftalik sayohatga oʻrtacha 1564 dollar ketishi mumkin). Shuningdek, kamchiqim sayohat reytingiga Vyetnam (1980 dollar) va Shri-Lanka (2072 dollar) kirgan. Ushbu mamlakatlarga sayohat qilish Xorvatiya va Gretsiyada mehmon boʻlishdan koʻra arzonroq. Indoneziya (2201 dollar), Tailand (2266 dollar), Tunis (2400 dollar) va Tanzaniya (2704 dollar) ham roʻyxatdan joy olgan.
Malohat Husanova, OʻzA