Tarixda ilk bor ikki ayol kosmonavt birgalikda ochiq fazoga chiqmoqda

Tarixda ilk bor ikki ayol kosmonavt Xalqaro kosmik stansiya bortidan birgalikda ochiq fazoga chiqadi. Ular amerikalik Enn MakKleyn va Kristina Kukdir.
RIA Novostining yozishicha, bu haqda Kristina Kuk matbuot anjumanida maʼlum qilgan.
Shu vaqtga qadar ayol kosmonavtlar ochiq fazoga faqat bitta-bitta boʻlib chiqqan. Ilk bor ochiq fazoni zabt etgan birinchi ayol kosmonavt esa Svetlana Saviskaya hisoblanadi.
Avvalroq, joriy yilning 14 martida “Soyuz MS-12“ kemasi fazoga koʻtarilishi maʼlum boʻlgan edi. “Soyuz MS-12“ ekipaji tarkibida rossiyalik kosmonavt Aleksey Ovchinin, amerikalik Nik Xeyg va Kristina Kuk bor. Parvoz davomiyligi 203 kundan (3 oktyabrgacha) iborat. Kosmik missiya doirasida ekipaj aʼzolari ochiq fazoga chiqadi va ilmiy tajribalar oʻtkazadi.

 

OʻzA