Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeriga faxriy unvon berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 yanvardagi farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” faxriy unvoni berildi. Bu haqda parlament quyi palatasi rasmiy veb-saytida maʼlum qilindi.
60 yoshni qarshi olgan N.Ismoilovning davlat organlaridagi koʻp yillik samarali faoliyati, mamlakatimizda qonun ijodkorligi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, davlat va jamiyat rivojiga oid qonun loyihalarini ishlab chiqish, parlament nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish, aholi bilan bevosita muloqot asosida jamoatchilik fikri, joylardagi haqiqiy ahvolini chuqur oʻrganish, xalqimiz manfaatlari va farovonligini taʼminlash, keng koʻlamli islohotlar ijrosini roʻyobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari munosib baholanib, davlatimizning yuksak unvoni bilan taqdirlandi.

 

OʻzA