Nukusda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va harbiy xizmatchilar oʻrtasida qoʻl jangi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.
Musobaqada Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan 100 nafarga yaqin havaskor sportchi ishtirok etdi.
Oʻz vazn toifasida Shohruh Bozorov, Elyor Mirkomilov, Doston Jalgasov, Sherzod Jumanazarov, Islombek Saytnazarov, Doston Jonibekov, Turdiboy Seytmuratov va Jambil Quvatboyev gʻolib deb topildi.
Musobaqa gʻolibi va sovrindorlari diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA