Oʻzbekiston – Qozogʻiston: Sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi davom etmoqda

Chimkent shahrida Qozogʻiston – Oʻzbekiston I mintaqalararo hamkorlik forumi doʻstona va ishchanlik ruhida oʻtmoqda.
Unda mamlakatimiz vazirlik va idoralari rahbar xodimlari, respublika va hududiy tashkilotlar, kompaniyalar, xususiy ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat 200 ga yaqin delegatsiya aʼzolari ishtirok etmoqda.
Forum doirasida “Chegaradosh hududlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorliklarining istiqbollari” mavzuida ishbilarmonlar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, 4 ta shuʼba yigʻilishi ham oʻtkazildi. Unda “Markaziy Osiyoda Buyuk ipak yoʻlining yoʻlaklari. Turizm rivojining zamonaviy bosqichlari”, “Yangi imkoniyatlar sari yakdillikda”, “Sanoat, transport va logistika sohasidagi hamkorlikning istiqbollari” va “Agrasanoat majmuasi sohasi va suvdan foydalanishning muqobil uslularini amaliyotga tatbiq etishda hamkorlikning istiqbollari” mavzulari koʻrib chiqildi.
Ayni paytda Oʻzbekiston va Qozogʻistonning sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi davom etmoqda. Koʻrgazmaning ochilish marosimida Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Asqar Mamin va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov ishtirok etdi.
photo5435959739851843874.jpg
photo5436256504912128746.jpg
photo5436256504912128748.jpg
photo5436256504912128747.jpg
photo5436256504912128749.jpg
photo5436256504912128750.jpg

 

Gʻayrat Shirinov, Temur Mamadaminov (surat) OʻzA