Dunyodagi birinchi suv osti mehmonxonasi ochildi

Konrad Maldiv Rangali orolida dunyodagi birinchi suv osti mehmonxonasi ochildi.

Hind okeanida 5 metrcha suv ostida qurilgan yangi mehmonxona boshqalariga oʻxshamaydigan qulaylik va koʻrinishga ega. Ushbu mehmonxonaga mahalliy xalq tilida “Muraka” yaʼni “marjon” maʼnosini anglatuvchi nom berildi.

Mehmonxonaning yotoq, dush va boshqa odatiy qismlariga qoʻshimcha ravishda, har bir xona uchun alohida sport zal, bar, hovuz, alohida xizmat koʻrsatuvchi kishi, okeanga qaragan vanna va eng muhimi okean ostidagi yotoqxona mavjud boʻlib bularning barchasi ajoyib koʻrinishlari bilan boshqalaridan ajralib turadi.

Mehmonxonaning tomi suvdan yuqorida joylashgan boʻlib unda bemalol quyoshda toblanish mumkin.

Narxlar haqida toʻxtaladigan boʻlsak, mehmonxonada bir kecha tunash 50 ming dollar turadi (eng asosiysi siz mehmonxonada bir kecha tunash uchun buyurtma berolmaysiz, kamida toʻrt kechaga buyurtma berish mumkin yaʼni 200 ming dollar). Ushbu summa mehmonlar uchun alohida oshpaz va koʻngli tusagan ovqat, shuningdek, okean boʻylab maxsus qayiqdan foydalanishni ham oʻz ichiga oladi.

5.8_2-1030x579.jpg
http_%2F%2Fcdn.cnn.com%2Fcnnnext%2Fdam%2Fassets%2F180418163349-conrad-maldives-rangali-island-underwater-villa---cmri-usv-bathroom.jpg

 

OʻzA