Keksayishni sekinlashtiruvchi birikma aniqlandi

Shokolad, choy kofe va vinoning tarkibidagi gidroxinonning ruhli birikmasi insondagi keksayish jarayonini sekinlashtiradi. Germaniyaning Erlangen-Nyurnberg universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijasini Phys.org portalida eʼlon qilgan mutaxassislarning taʼkidlashicha, ruh inson tanasidagi oksidlanish ortishiga, nafas olish jarayonida hujayralardagi superoksid paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi gidroxinonlarni faollashtiradi. Superoksid esa biomolekulalarga zarar keltiradi, deydi olimlar. 
Eslatib oʻtamiz, amerikalik olimlar oktyabrda ketogen diyeta keksayish jarayonini sekinlashtirishini kashf qilgandi.

 

OʻzA