Ushbu muzey ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati, mashaqqatli faoliyati bilan aholini yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.
Bunday muzey dastlab 1974 yilda tashkil etilgan. Lekin muzeyning vazirlik hududida qayta rekonstruksiya qilingan binoga koʻchirilishi uning faoliyatida yangi davrni boshladi.
Ichki ishlar vazirligi binosida joylashgan yangi muzey keng jamoatchilik uchun ochiq boʻlib, dushanbadan jumagacha ishlaydi.
Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tashkil etilgan muzeyda soha tarixi, tizimda fidoyilik bilan xizmat qilgan xodimlar, xizmat jarayonida qoʻllanib kelingan texnika vositalari oʻrin olgan.
Muzey Ichki ishlar vazirligi hududida joylashganligi sababli tashrif buyuruvchilar oldindan roʻyxatni taqdim etishlari talab etiladi.
OʻzA