Qozogʻiston senati spikeri: “oʻzbek, turk, turkmanlar kabi milliy anʼanalarga tayanish kerak”

Qozogʻiston senati spikeri Qasim-Jomart Toqayev qozogʻistonliklarga tantanali marosimlarni oʻtkazishda oʻzbek, turk, turkmanlardan oʻrnak olish kerakligi borasida tavsiya berdi.
Spiker bu boradagi fikrini oʻzining Twitterʼdagi sahifasida eʼlon qildi.
“Qozogʻiston OAVda toʻy va boshqa tantanalarni oʻtkazishda yangicha yondashuv lozimligi haqidagi munozaralarni qoʻllab-quvvatlayman. Noqulayliklarga sabab boʻlayotgan isrofgarchilik, hashamlardan voz kechish maqsadida yangicha yondashuv kerak”, deya yozdi Qasim-Jomart Toqayev. Uning fikricha, oʻzbek, turk, turkmanlar kabi asosan milliy anʼanalarga tayanish kerak.
Toqayev Twitterʻdagi oʻzining akkauntini 2011 yilning iyulida ochgan. U bayonot berishda muntazam ravishda Twitterdan foydalanadi.

 

OʻzA