Yetakchi ishlab chiqaruvchilar ishtirokida yarmarkalar tashkil etiladi

Endilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari 2018 yildan boshlab yetakchi ishlab chiqaruvchilar ishtirokida bir yilda ikki marotaba yarmarkalar tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qilmoqda.
Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, endilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari 2018 yildan boshlab yetakchi ishlab chiqaruvchilar ishtirokida bir yilda ikki marotaba yarmarkalar tashkil etadi va ular doirasida qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib olish uchun shartnomalar fevral-mart oylarida joriy yil uchun, sentyabr-oktyabr oylarida kelgusi yil uchun tuziladi.
Ushbu shartnomalar yakuni haqida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga joriy yilning 1 apreli va 1 noyabridan kechiktirilmasdan axborot taqdim etiladi.
Qishloq xoʻjaligi texnikasini olishda uning qiymatining 20 foizi avans sifatida xaridorlar mablagʻlari hisobidan, 60 foizi maxsus jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladi.

 

OʻzA