“Abay va oʻzbek adabiyoti” ekspozitsiyasi ish boshladi

Prezidentning joriy yil 13 martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qoʻnonboyev ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Abay va oʻzbek adabiyoti” deb nomlangan doimiy ekspozitsiya tashkil qilindi.

Ekspozitsiya buyuk maʼrifatparvar shoir va mutafakkir, xalqlar doʻstligining otashin kuychisi Abay Qoʻnonboyevning hayoti va ijodi, oʻzbek va qozoq adabiy aloqalari tarixiga oid maʼlumotlarni oʻzida mujassamlagan.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga koʻtarilayotgan bugungi kunda bu kabi ekspozitsiyalar har ikki xalqning buyuk allomalari qoldirgan oʻlmas merosni oʻrganishda katta ahamiyat kasb etadi.

 

OʻzA