Tayinlov

Baxtiyor Djumayev Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali maʼlumot berdi.

Eslatib oʻtamiz, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi – qalbakilashtirishdan himoyalangan qimmatli qogʻozlar, pasport qogʻozlari, aksiz markalar uchun qogʻozlar, pul bosiladigan qogʻozlar, banknotlar, sertifikatlar, lotereya biletlari, veksellar, cheklar, aksiz va pochta markalari, kolleksiya va esdalik tangalari toʻplami, esdalik nishonlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi birlashmadir.

 

OʻzA