6 oyda qancha noqonuniy egallangan er o‘z holiga keltirildi?
432

Qoraqalpog’iston Respublikasida 2009 holatda jami 136 gektar er maydoni noqonuniy egallangani aniqlandi.
Xususan, Kadastr agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning boshidan o‘tgan olti oy davomida noqonuniy egallangan holatlardan 1121 ta holat, ya’ni 52 gektarlik er maydoni o‘z holiga keltirildi.
Shuningdek, 675 ta holatda 39,2 gektar er maydoni bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.
Bundan tashqari, 44 ta holat bo‘yicha tegishli hujjatlar Prokuratura organlariga taqdim etilgan.
Qolgan holatlar bo‘yicha vakolatli idoralar bilan hamkorlikda huquqiy choralar davom ettirilmoqda.
Qoraqalpog’iston axborot agentligi.