1 iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi aytildi

636

Salqin ichimliklar, maishiy texnika, farmatsevtika, alkogol va tamaki kabi mahsulotlarni markirovkalash tizimi joriy qilingan.

Lekin, barcha qonun-qoidalarga mos ishlayotgan tadbirkorlarning mahsulotlari bilan bir vaqtda markirovkasiz tovarlar ham bemalol sotilayotgan holatlar kuzatilmoqda. Hamma do‘konlar ham markirovka bilan ishlamagani uchun nazorat zanjiri uzilib qolmoqda.

Soliq va Bojxona qo‘mitalariga markirovkalashning ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini ishlab chiqish, markirovkalash talabi bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Qimmat bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ayrim tovarlar eksportiga cheklov qo‘yilgani uchun ko‘plab imkoniyatlar qo‘ldan boy berilayotgani qayd etildi.

Endilikda, 1 iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi. Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.

Bu tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyat ekani ta’kidlandi.

–Bir narsani aniq tushunish kerak. Agar tadbirkorlar qimmat bozorlarga ishlasa, ularda mahsulotni ko‘paytirish, sifatni yaxshilashga intilish, ishtiyoq ortadi, manfaat bo‘ladi, – dedi Prezident.

O‘zA