Yasharish va yangilanish ayyomi bunyodkorlik ishlarga ruhlantirmoqda

731

Joriy yilning 20-mart kuni Nukus shahridagi «Do‘stlik» kanali bo‘yida «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori bilan bayramga bag’ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazildi.

Ulkamizga bahorning kirib kelishi inson ruhi va qalbin to‘lqinlandirib, xalqimizni eng sevimli milliy bayramlarimizning biri Navro‘z sari ruhlantirmoqda. Joriy yilgi yasharish va yangilanish fasli ham ulug’ maqsadlarga hamohang bo‘lmoqda.

Ko‘ngillar xayrli amallardan bahra olayotgan har bir kunda inson qalbi bayramona zavqdan yashnaydi. Shunga hamohang tarzda elimiz bo‘ylab Navro‘z bilan bog’liq an’analar namoyishi, milliy madaniy markazlar ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda.

Bayram va xalq sayiliga yig’ilganlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi Joqarg’i Kengesining Raisi A.Orinbaev Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabrikladi.

Respublikamiz rahbari Navro‘z bayramining orzu-istaklarimiz, amaliy ishlarimiz bilan hamohang ekanligin alohida ta’kidladi.

Xalqimizning olijanob mehnati bilan mamlakatimizda yangi-yangi zamonaviy korxonalar, shinam uy-joylar, ijtimoiy va madaniy ob’ektlar, yo‘l va ko‘priklar, bog’ va xiyobonlar barpo etilmoqda. Inson qadrini ulug’lash, uning hayotiy manfaatlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir yurtdoshimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish asosiy mezonga aylanmoqda.

Mamlakatimizning ko‘p asrlik bayrami bo‘lgan Navro‘z tabiatni, atrof-muhitni ko‘z qorashig’idek asrob-avaylash falsafasin o‘zida mujassamlashtirgan. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy yil – “Atrof muhitni asrash va «yashil» ekonomika yili” deb e’lon qilindi.

Ulkamiz bo‘ylab «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Bizdan kelejak avlodga yashil makon, yashil bog’ qolishiga faol ishtirok etaylik!» shiori bilan soyabanli va mevali daraq ko‘chatlarin ekish davom etmoqda.

Bayram tantanalarida madaniy, milliy urf-odat va qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etilib, bayramano har xil bezaklar bilan bezatilgan saxnalarda xalq uyinlari va kontsert dasturlari qo‘yib berildi, Arqonda yurgan darvozlarning mahorati, arg’umchaklarda uchgan yigit-qizlarning kulgisi odamlarni erksiz o‘ziga tortadi. Haqiqattan da, ona Tabiatni sevish, ardoqlash, o‘mr gultaji bo‘lgan insonni e’zozlash, Vatanga muhabbat va sodiqlik kabi g’oyalarni o‘zida mujassam etgan «Navro‘z» – xalqimizning eng qadimiy bayramlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Bayram sayillarida xalqimizga namoyish etilgan  folklor ansambllar, badiiy havoskorlik jamoalarining, baxshilar bilan jirovlarning, san’at xodimlari va estrada xonandalarining, shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablari tarbiyalanuvchilarining ijrosidagi kontsert dasturlari va saxnalashtirilgan bayram tomoshalari ishtirokchilarga katta zavq inom etdi.

Navo‘zning mangu ruhi, ayniqsa, mahallalar hayotida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Hurmatli Prezidentimiz har bir chiqib so‘zlagan so‘zida tomorqa erlar xalqimiz uchun katta daromat manbayi, bu hali ishga qo‘shilmagan imkoniyat ekanligin alohida ta’kidlab o‘tadi. Ushbu yunalishda mahallalar aholisi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, jumladan tomorqalarda etishtiriladigan mahsulotlarni sotib oladigan, qayta ishlaydigan va eksport etadigan ishbilarmonlarga grant berilishin ta’kidaladi. Qorao‘zak tumani Madaniyat OFY da yashovchi Genjemurat Turdimuratov tomorqa eridan yiliga 4 marta zuraat olib kelmoqda. Uning mehnatlari inobatga olinib, Prezidentimizning Farmoni bilan «Do‘stlik» ordeni bilan mukofatlandi.

Joriy yilgi Navro‘z bayrami fazilatli Ramazon oyida o‘tayotgani, uni yanada fayzli etmoqda.

Xalqimiz ushbu bayram kayfiyati davom etayotgan kunlarda barchamiz ota-bobalarimiz duolariga qo‘shilib, elimizning tinchligi va farovanligi uchun ezgu tilaklar qilmoqda.

Bayram shodiyonalari rang-barang kontsert dasturi bilan davom etdi.

Azaldan yaxshilikka intilgan xalqimizning toy-bayramlari  sport musobaqalarisiz o‘tmaydi. Shu aytgandek, joriy yilgi Navro‘z bayrami ham xalqimizning milliy sport uyinlari bo‘lgan kurash, orqan tortish, tosh ko‘tarish, qo‘shqor o‘rishtirish va zamanaviy nomi mas-restling bo‘lgan xalq tilida tayoqni qo‘lidan yulib olish bo‘lgan sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqalarga respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan tashqari, qo‘shni Xorazm, Navoiy va Buxora viloyatlaridan sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarin namoyish etdi.

Jumladan, milliy kurash bo‘yicha yosh polvonlarga ham navbat berilib, 26 kg vaznda Amudaryo tumanidan Elbek Saparbaev, 40, 50, 60 kg vaznda Nukus shahridan Bahadir Sultamuratov, Iskender Polatov, Sherzad Medetbaevlar birinchilikni egallagan bo‘lsa, 73 kg vaznda amudaryolik Nurbek Yuldashev Taxtako‘pir tumani polvoni Arman Sыrg’abaevni mag’lubiyatka uchratishga muaffaq bo‘ldi.

Musobaqaning eng og’ir vaznida bo‘lsa, oqmangitli Zahiriddin Zaytov kegeylichi Baxtiyar Barlыqbaevni ochkolar hisobida mag’lub etib, bosh bayroqni egallashga muyassar bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvning finalida taxiatashlik Jasmina Azatova kegeylichi Gulzabiyra Tileo‘imbetovani engib chiqishga erishdi.

Mastrestling bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa 80, +80 kg vazn toifasi o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va +80 kg vaznda O‘zbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasining Qoraqalpog’iston bo‘limi xodimi Miyras Mambetniyazov nukusli Baxыt Shuaqbaevni mag’lub etdi. Ushbu vazn toifasida uchinchi o‘rinni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialы talabasi Rasul Atajanov egalladi.

80 kg vaznda bo‘lsa, nukuslik Erkebulan Qыlыshbaev amudaryoli Ag’abek Sabirovni mag’lub etib, bosh bayroq egasiga aylandi. Musobaqaning uchinshi o‘rini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialы talabasi Islam Baltabaevga nasib etdi.

Xalqimizning eng tomoshabop uyini bo‘lgan arqon tortish musobaqasida Nukus shahridagi Gone qala makon fuqoralar yig’ini yigitlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialы jamoasin mag’lub etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Qo‘chqor o‘rishtirish musobaqasida nukusli Elmurod Babajanovning qo‘chqori Nukus tumanidan kelgan Davletmurat Allambergenovning qo‘chqorini mag’lub etib, bosh bayroq egasiga aylandi.

Ko‘p millatli xalqimizning tuyi, bayramlari bitta bo‘lib ketgan. Navro‘z ham barcha millat va elatlarning sevimli bayramiga aylangan. Bugun respublikamizda  turli millat va xalq vakillari tinch, o‘zaro do‘stlikda, uning rivojiga munosib hissalarin qo‘shib kelmoqda.

Bayram ishtirokchilari milliy ko‘rgazmalar va kuy-qo‘shiqlarni tomoshaladi. Turli millat vakillari bilan do‘stona suhbatlashib, ezgu tilaklarin bildirdi.

Navro‘z sayillari respublikamizning barcha tuman va ovullarida davom etmoqda.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi.

M.Habibullaevning fotolari.