O‘zbekistonga yengil avtomobil importida Xitoy yaqqol yetakchi

444

O‘tgan yil O‘zbekistonga xorijdan qiymati 1,28 milliard dollarlik jami 74 700 yengil mashina kirib kelgan.

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil importi umumiy miqdorida eng ko‘p ulushga ega mamlakat Xitoy: 61 000 dona va 81,6 foiz. Ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni 11 900 mashina bilan Janubiy Koreya egallagan. AQSH (639), Hindiston (577) va Yaponiya (168) ham ilg‘or yetkazib beruvchilar sifatida e’tirof etilgan.

Avvalroq bir yil ichida mamlakatimizga chetdan transport vositalari kirib kelishi 20 foizdan ko‘proq oshgani haqida xabar berilgan edi.

Darvoqe, o‘tgan yil oktyabr oyida Qozog‘iston “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi Quyuv-mexanika zavodidan 20 ta yuk vagoni xarid qilgan.