O‘zbekiston va Eron: raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
536

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammadali Iskandariyni qabul qildi.
Uchrashuvda raqamlashtirish jarayonidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va kompaniyalar o‘rtasidagi sheriklik mexanizmlari bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Shuningdek, uchrashuvda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama tashabbuslarni amalga oshirishga e’tibor qaratildi.

Mazkur tashabbuslar mamlakatlarimiz o‘rtasida IT sohasida hamkorlik mustahkamlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
N.Rahmonova, O‘zA